2022-yilning eng yaxshi sportchisi eʼlon qilindi

Saqlash
11:01 / 07.01.2023 1875 0

Lionel Messi LʼEquipe nashri tomonidan 2022-yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

 

35 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni boʻldi, shuningdek, Qatardagi turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etildi.

 

Ovoz berish yakunlariga koʻra, Messining “PSJ”dagi jamoadoshi Kilian Mbappe ikkinchi oʻrinni egalladi. Uchinchi oʻringa tennischi Rafael Nadal loyiq koʻrildi. “Real” hujumchisi, “Oltin toʻp” sohibi Karim Benzema esa oltinchi oʻrindan joy oldi.

 

Toʻliq roʻyxat quyidagicha koʻrinish oldi:

 

1. Lionel Messi (futbol, ​​808 ochko)

2. Kilian Mbappe (futbol, ​​381)

3. Rafael Nadal (tennis, 285)

4. Remko Evenepul (velosport, 252)

5. Maks Ferstappen (Formula-1, 196)

6. Karim Benzema (futbol, 195)

7. Arman Dyuplantis (yengil atletika, 185)

8. Stefen Karri (basketbol, 139)

9. Antuan Dyupon (regbi, 105)

10. David Popovich (suzish, 98).

 

Eng yaxshi sportchi uchun beriladigan mukofot LʼEquipe tomonidan 1975-yildan beri topshirilib kelinadi. Gʻolib nashr jurnalistlari bergan yashirin ovozlar orqali aniqlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish