Jamiyat
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning taʼkidlashicha, koronavirusga qarshi kurash borasida maʼlum natijalarga erishilgan boʻlsa-da, ammo xavf hali chekingani yoʻq.
Chunki soʻnggi oylarda haftasiga oʻrtacha oʻn ming kishi COVID-19 qurboniga aylanmoqda.
"Bu faqat bizga maʼlum raqamlar, — deydi JSST rahbari. — Real koʻrsatkichlar ehtimol bundan-da yuqori boʻlishi mumkin. Qolaversa, keyingi paytlarda koronavirus tufayli shifoxonaga yotqizish holatlari koʻpaygan. Ayniqsa, shimoliy yarim sharda epidemiologik vaziyat murakkab. Bu mintaqada mavsumiy gripp ham keng tarqalmoqda.”
Shu bois JSST, avvalo, xastalik profilaktikasini kuchaytirib, aholining buster doza bilan emlanishi orqali jamoaviy immunitetni shakllantirish samarali chora, deb hisoblaydi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
110748
Jamiyat
94439
Jamiyat
90352
Jamiyat
74215
Jamiyat
//
Izoh yo‘q