Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax Medikal” MCHJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ masʼul shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash lozimki, Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan “Dok-1 MAKS” va “Ambronol” dori vositalarining nojoʻya taʼsiri oqibatida, hozirga qadar “oʻtkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan davolangan bemor bolalar hayotdan koʻz yumgan.
“Quramax Medikal” MCHJ tomonidan mamlakatimizga import qilingan ushbu preparatlar “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ tomonidan laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilgan hamda ularga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ masʼul xodimlari tomonidan meʼyoriy-huquqiy hujjat talablari qoʻpol ravishda buzilib, ushbu dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilmaganligi natijasida, sifatsiz preparatlarning sotuvga chiqarilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Jinoyat ishi doirasida “Quramax Medikal” MCHJning 2 nafar rahbar xodimlari hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJning 2 nafar masʼul xodimlari gumonlanuvchi shaxslar sifatida DXX Tergov hibsxonasiga tegishli tartibda joylashtirilgan.
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida “Quramax Medikal” MCHJ tomonidan Hindiston davlatidan Oʻzbekistonga import qilinayotgan dori vositalarining bojxona nazoratidan oʻtkazilishi toʻxtatildi hamda mamlakatimiz dorixonalaridagi bunday preparatlar yigʻib olindi. Hozirda bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
“Quramax Medikal” MCHJga tegishli dori vositalarini Oʻzbekistonda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganligi hamda sogʻliqni saqlash tizimidagi mutasaddi xodimlarning ushbu holat boʻyicha amalga oshirgan harakatlarini tekshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q