Jamiyat
Toshkentda 6 yoshli qizaloqqa tegajogʻlik qilgan 47 yoshli erkakka nisbatan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov “Gazeta.uz”ga maʼlum qilgan.
Zoʻravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi voqea 2022-yilning yozida yuz berganini maʼlum qilgandi. Jabrlanuvchining onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan va erkak 24 soat ichida kuzatuv kameralari orqali topilgan. Maʼlumotiga koʻra, psixologik ekspertiza qizchada “jinsiy zoʻravonlikdan keyingi alomatlarga oʻxshash stress” mavjudligini aniqlagan.
Noyabrda poytaxt sudlari matbuot xizmati Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida 6 yoshli qizaloqqa tegajogʻlik qilishda ayblanayotgan R.Sh.ga nisbatan jinoyat ishi koʻrib chiqilayotgani haqida xabar bergan edi.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidovning maʼlum qilishicha, 2022-yilning 22-dekabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudi R.Sh. (1975-y.t.) ni Jinoyat Kodeksining 25 va 119-moddalari (Jinsiy ehtiyojlarni gʻayritabiiy shaklda majburan qondirish) bilan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topgan.
“Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 25-moddasi 4-qismi, 119-qismi asosida ushbu kodeksning 57-moddasini qoʻllagan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Jazoni oʻtash umumiy tartibli koloniyalarda belgilandi”, — deyiladi Oliy sud axborotida.
Qayd etilishicha, birinchi instansiya sudining qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda apellyatsiya va protest keltirilishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q