Jamiyat
Farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga borayotgan budjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, 10-18-yanvar kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilinishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim yoshidagi (3-7 yoshli) bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga toʻlanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.
Oʻquv mashgʻulotlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111009
Jamiyat
94505
Jamiyat
90440
Jamiyat
74473
Jamiyat
//
Izoh yo‘q