Jamiyat
2022-yilning 29-dekabr kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida Maʼnaviyat va maʼrifat maskanining ochilish marosimi oʻtkazildi.
Marosimda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Murodjon Hayitov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari, Oliy Majlis Senati aʼzosi, “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni sohibi Hayotxon Ortiqboyeva, Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonovlar soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtishdi.
Ochilish marosimida shahar sektor rahbarlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari, turli soha rahbarlarining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Maskan hovlisida Alisher Navoiyning muhtasham haykali bunyod etilganligi alohida ahamiyatga ega. Bino zamonaviy kutubxonalar, ishxona jihozlari, majlislar zali, seminar-treninglar oʻtkazishga moʻljallangan xonalar hamda faoliyat olib borish uchun maxsus xonalardan iborat.
31-dekabr kuni Guliston shahrida ham xuddi shunday maskanning ochilish marosimi oʻtkazildi.
Marosimda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Murodjon Hayitov, Guliston davlat universiteti professori, “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni sohibi Ravshanbek Mahmudovlar soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdilar.
Maskan binosi zamonaviy kutubxona, ishxona jihozlari, majlislar zali, seminar-treninglar oʻtkazishga moʻljallangan xonalar hamda faoliyat olib borish uchun maxsus xonalardan iborat. Birinchi va ikkinchi renessans asoschilari, jadidchilik harakati aʼzolari boʻlgan alloma va maʼrifatparvarlarimizning hayoti va ijodiy faoliyati shular jumlasidan.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, joriy yilda viloyatda shu kunga qadar Mirzaobod, Xovos tumanlarida ham maskanlar foydalanishga topshirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q