
Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov joriy yildan Oʻzbekistonning ikki hududida tibbiy sugʻurta joriy etilishini maʼlum qildi. Bu haqda SSV xabar berdi.
Vazirning taʼkidlashicha, 2023-yildan boshlab Davlat tibbiy sugʻurta tizimini Toshkent shahrida joriy qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Shuningdek, Navoiy viloyatida ham tibbiy sugʻurta yoʻlga qoʻyiladi.
Buning uchun:
bir oy muddatda tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish boʻyicha qaror ishlab chiqiladi;
Toshkent shahridagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxonani kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan taʼminlashga 30 milliard soʻm yoʻnaltiriladi;
Poytaxtda 2023-yil 1-iyuldan tibbiy sugʻurta tizimi mexanizmlari joriy etiladi.
Bunda tibbiyot muassasalari toʻliq raqamlashtiriladi, har bir bemor qachon, qayerda va qanday davolanishi haqida aniq maʼlumotga ega boʻladi.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q