Jamiyat
2022-yilda Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining “avtoraqam.uzex.uz” elektron savdo tizimida 304,1 mlrd soʻmlik 118 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali sotilgan. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sotilgan avtoraqamlarning oʻrtacha qiymati 2,6 mln soʻmni tashkil etgan. Ularning 91 foizini jismoniy shaxslar, 9 foizini yuridik shaxslar xarid qilgan. Oʻtgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 494,9 ming soʻmni, eng yuqori bahosi esa 348 mln soʻmni tashkil qilgan. Bu qanday raqam ekani haqida xabarda keltirilmagan.
Bitimlarning 5 foizi birinchi toifadagi, 8 foizi ikkinchi va uchinchi, 11 foizi toʻrtinchi, 22 foizi beshinchi va 46 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga toʻgʻri kelgan.
Hududlar kesimida eng koʻp avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (31 foiz) Samarqand va Qashqadaryo (8 foiz), Namangan, Andijon va Surxondaryo (7 foiz), hamda Xorazm (6 foiz) viloyatida xarid qilingan.
Birja xabarida aytilishicha, avtoraqamni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablagʻlarning 80 foizi davlat byudjetiga, 20 foizi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlarga yoʻnaltiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q