Jamiyat
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev “Toshkent yoshlarni sevadi” festivali doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar yuzasidan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida yoshlarni qanday mukofotlar kutayotganini aytib oʻtdi, deya yozmoqda “Daryo”.
Maʼlum qilinishicha, “Toshkent yoshlarni sevadi” festivali 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar oʻtkaziladi. Forumning eng faol yoshlarining 10 nafariga Fransiyaning mashhur «Le Kordon Blyu» (Le Cordon Bleu) universitetiga 6-9 oylik oʻquv kurslarida oʻqish imkoniyati beriladi.
«Bundan keyin faol qatnashgan yoshlarga mukofotni mashina, uy-joylarga emas, chet elning kuchli universitetlarida taʼlim olib kelishga yoʻnaltirsak hamma yoshlarga yoqsa kerak. Chet elning yuksak oliygohlarida oʻqib kelib, tajriba oʻrganib, Oʻzbekistonga orttirgan tajribalarini olib kelishiga yoʻnaltirsak yaxshi boʻladi.
Mashina ham tez buziladi, sotiladi. Orttirgan tajriba ularning oʻzi bilan qoladi. Dunyoning istagan universitetida oʻqishga imkoniyat yaratib berishga harakat qilishimiz kerak. Agar Toshkentni rivojlantirmoqchi boʻlsak, faqat shu yoʻl bilan rivojlantirish imkoni boʻladi», — deya taʼkidladi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev.
Qayd etilishicha, loyiha va tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 200 mingdan ortiq yoshlarni jalb qilish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish rejalashtirilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q