Jamiyat
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 9 ta hududi vaqtincha gaz taʼminotidan uziladi. Bu haqda tuman hokimligi xabar tarqatdi.
Taʼkidlanishicha, Ibn Sino mavzesi Beltepa koʻchasidan oʻtgan oʻrta bosimli gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgani bois 2023-yil 5-yanvar soat 10:00 dan 19:00 ga qadar Shayxontohur tumanining quyidagi mahallalarida gaz taʼminoti toʻxtatiladi:
Beltepa koʻchasidagi 23 ta koʻp qavatli uy;
Ibn Sino mavzesidagi 13 ta koʻp qavatli uy;
Jarariq mavzesidagi 21 ta koʻp qavatli uy;
Mingtepa koʻchasidagi 4 ta koʻp qavatli uy;
“Yangi Jarariq” mahallasidagi 900 ta xonadon;
Oqibat koʻchasidagi 150 ta xonadon;
Uygʻun koʻchasidagi 150 ta xonadon;
“Ipakchilik” mahallasidagi 140 ta xonadon.
Shuningdek, 8 ta novvoyxona, 14 ta ovqatlanish shoxobchasi, 8 ta ishlab chiqarish korxonasi hamda 4 ta MTTda ham gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. 3-Issiqlik markazida ham gaz bosimi meʼyoridan past boʻlishi qoʻshimcha qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q