Oʻzbekistonda 2022-yilda narxlar qanchaga oʻsgani maʼlum boʻldi

Saqlash
18:54 / 04.01.2023 1345 0

2022-yilning dekabr oyida isteʼmol bozoridagi narxlarning oʻrtacha darajasi 1,2 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.

 

Yil davomida isteʼmol sektorida narxlarning oʻsish surʼati 12,3 foizga yetgan, oʻrtacha oylik oʻsish surʼati esa 1 foizni tashkil qildi.

 

2022-yilning dekabrida narxlar oshishi boʻyicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli boʻlib, oy davomida ularning narxlari oʻrtacha 1,7 foizga oshdi. Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari ushbu davrda 0,8 foizga, xizmatlar narxlari 1,1 foizga oshdi.

 

Oziq-ovqat mahsulotlari 2022-yil davomida narxlar oshishi boʻyicha sezilarli ustunlik bilan yetakchilik qildi — 15,6 foiz, 1,2 foizlik oʻrtacha oylik oʻsish surʼati. Nooziq-ovqat mahsulotlar yil davomida 10,7 foizga qimmatlashib, oʻrtacha oylik oʻsish surʼati 0,9 foizni tashkil etdi. Pullik xizmatlar narxlarining oʻsish surʼati 2022-yilda 8,4 foizga yetib, oʻrtacha oylik oʻsish surʼati 0,7 foiz boʻldi.

 

Oʻzbekistonda yillik inflyatsiya 2020-yilda 11,2 foizni, 2021-yilda 10 foizni tashkil qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//