Iqtisod
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Laziz Qudratov va Germaniyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi elchisi Tilo Klinner ishtirokida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatlar qatoridan quyidagilar oʻrin olgan:
– Oʻzbekiston va Germaniya hukumatlari oʻrtasida moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
– Oʻzbekiston va Germaniya hukumatlari oʻrtasida texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
– Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi hamda Germaniya Iqtisodiy ishlar va iqlim boʻyicha federal vazirligi oʻrtasida oʻzbekistonlik ishbilarmon doira vakillari (rahbarlar) malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayon.
Kelishuvning amalga oshirilishi Germaniya moliyaviy koʻmagida ikki davlat oʻrtasida sogʻliqni saqlash, kasb-hunar taʼlimi, moliya sektori va shahar xoʻjaligini rivojlantirish borasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlikni kengaytirishga imkon beradi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashgandi. Turizm va madaniy meros vazirligida Germaniya kompaniyasi raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtgan. Shuningdek, Germaniya koʻmagida Shahrisabz va Qamashi tumanlarining turistik salohiyati rivojlantirilishi haqida xabar berilgandi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q