Oʻzbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq toʻgʻilgani maʼlum qilindi

Saqlash
04:44 / 02.01.2023 3240 0

Oʻzbekistonda 2023-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga koʻra, jami 1312 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, ularning 687 nafarini oʻgʻil, 625 nafarini esa qiz bola tashkil etadi.

 

Eng koʻp tugʻilish Fargʻona viloyatida (172 nafar) qayd etildi. Shuningdek, hududlar kesimida keyingi oʻrinlarni:

 

Qashqadaryo viloyati (169 nafar);
Namangan viloyati (137 nafar);
Surxondaryo viloyati (133 nafar);
Samarqand viloyati (121 nafar) band etdi.
Eng kam tugʻilish esa Sirdaryo viloyati (35 nafar) hissasiga toʻgʻri keldi. Tugʻilganlarning 7 nafari egizakdir.

 

“Ayni paytda shifokorlarimiz goʻdaklarning barchasiga belgilangan standartlar boʻyicha sifatli tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 227 ta tugʻuruq kompleksida ham tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatmoqda”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//