Ayrim tumanlarda tadbirkorlar uchun foyda soligʻi 1 foiz etib belgilanadi

Saqlash
04:28 / 02.01.2023 2007 0

“Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–287-son, 30.12.2022-y.) qabul qilindi.

 

Farmonga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan:

 

respublikaning 208 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratiladi;


tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.

 

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha soliq solishning quyidagi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etiladi:

 

5-toifadagi (quyidagi jadvalda keltirilgan) tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar:

 

– foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz;
– yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi.

 

Yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasa, byudjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

 

Shuningdek, 5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan YATTlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi.

 

2023-yil 1-yanvardan:

 

4 va 5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga:

 

– banklarning kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya;

– banklar kreditlarining 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.

 

Farmon bilan shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

 

aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratishning oshirilgan miqdorlari; 
tadbirkorlik faoliyatini tuman va shaharlar toifalaridan kelib chiqib qoʻllab-quvvatlash choralari.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//