Jamiyat
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining bolalar reanimatsiya bo‘limida «Dok 1 Maks» siropini ichishi natijasida Quvasoyda yashovchi 3 yoshli bemor bola doridan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanmoqda. Bu haqda viloyat SSB rahbari Abduqayum To‘xtaqulov O‘zAga ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, bolaning umumiy ahvoli og‘ir, hushida. Bemorga tasdiqlangan davolash standarti asosida davo muolajalari olib borilmoqda.
«Viloyatdagi vaziyatni shaxsan o‘zim nazoratga olganman. Yana bir bor aholimizdan isitma tushiradigan dori vositalarini faqat shifokor tavsiyasi va nazoratida qabul qilishni so‘rayman. Qolaversa, farzandlarimizga shifokorning aniq tavsiyasisiz, o‘zboshimchalik bilan dori preparatlarini bermaslikni iltimos qilib qolamiz», — dedi viloyat SSB rahbari.
Xabarda aytilishicha, viloyatda tarkibida paratsetamol dozasi bo‘lgan dori preparatlarini bolalar buyragiga toksik ta’sir qilishi hamda terapevtik dozaning oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, tana harorati 38 darajadan yuqori bo‘lgan bolalarning tana haroratini tabiiy usullar bilan tushirish, ota-onalarga tarkibida paratsetamol saqlaydigan preparatlarni o‘zboshimchalik bilan ichirmaslik to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q