Jamiyat
“Oʻzgidromet” Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Chotqol tizmasining Chimyon togʻlarida 2–4-yanvar kunlari qor koʻchish xavfidan ogohlantirdi.
“Togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, hamda dam oluvchilar va togʻli hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, – deyiladi markaz xabarida.
2-yanvardan Oʻzbekiston hududiga Kavkaz mintaqalaridan nam havo oqimining kirib kelishi kutilmoqda. 2−3-yanvar kunlari respublika boʻylab shamol tezligi 17−22 m/s.gacha kuchayishi, Navoiy va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida 25−30 m/s.gacha yetishi mumkin.
3−4-yanvar kunlari Oʻzbekiston hududida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli yogʻingarchilik boʻladi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q