Jamiyat
Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi 4-noyabr kuni kuzatilgan chang-gʻubor taʼsirida atmosferaning chang bilan ifloslanishi eng yuqori boʻlgan hududlarni maʼlum qildi.
4-noyabr kuni havoda chang miqdori boʻyicha maksimal ahamiyatlilik: Guliston, Olmaliq shahrida 20 REM (ruxsat etilgan miqdor), Chirchiq — 26, Toshkent — 33, Bekobod — 18, Angren — 8, Buxoro shahri — 14, Navoiy shahri — 8, Samarqand — 4, Sariosiyo, Namangan, Urganch, Fargʻona, Qoʻqonda taxminan 2 REM.
Xabarga koʻra, 5 va 6-noyabr kunduzi atmosfera havosining chang bilan ifloslanishi pasaya boshlagan va 2 dan 8 REM darajasi yetgan.
8-noyabr kunduzi respublikada atmosfera havosi ifloslanishi faqat ayrim shaharlarda ruxsat etilgan ahamiyatlilikdan yuqori boʻlgan: Bekobod — 2,7 REM, Fargʻona va Qoʻqon — 2, Samarqand — 1,5, Guliston, Chirchiq va Olmaliq — 1,3, Buxoro, Angren va Sariosiyo — 1,1, Navoiy va Urganch — 0,9 va Nukus — 0,7 REM.
Toshkentdagi atmosfera havosining ifloslanishini kuzatish avtomatik monitoring stansiyalarida har soatda amalga oshiriladi. Boshqa shaharlarda kuzatuvlar diskret rejimida oʻtkaziladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112141
Jamiyat
94825
Jamiyat
90881
Jamiyat
75672
Jamiyat
//
Izoh yo‘q