Ilm-fan
Toshkent Mirobod tumanida joylashkan ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi, deya xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 30 dekabr kuni soat 08:21 da Mirobod tumani Sodiq Azimov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli 5-uy xonadonlarining birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Ushbu hodisada bir kishi jarohatlangan.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalar vakillari yetib borgan. Vazirlik hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ma’lum qildi.
Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, xonadon egasi 84 yoshli fuqaro bo‘lib, u gaz plitasidan foydalanib gazni o‘chirmasdan qoldirganligi sababli, xonada gaz to‘planib chaqnash sodir bo‘lgan va u jarohatlangan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
111204
Jamiyat
94549
Jamiyat
90498
Jamiyat
74687
Jamiyat
//
Izoh yo‘q