Hokim oʻz maoshidan fuqaroga 6 mln soʻm berdi

Saqlash
15:56 / 10.11.2021 895 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumani hokimi Toʻxtamurod Meyliyev murojaatchi fuqaroga pul bergani haqida video tarqaldi.

 

Maʼlum boʻlishicha, hokim qabuliga fuqaro F.Islomovaga oʻzi va turmush oʻrtogʻining gemodializ olishida va davolanishi uchun moddiy yordam soʻrab kelgan.  Tuman hokimi  fuqaroga oʻz maoshi hisobidan 6 million soʻm miqdoridagi davolanish shartnoma pulini toʻlab bergan.

 

Maʼlumot oʻrnida: 2019-yilgi maʼlumotlarga koʻra, tuman (shahar) hokimi – 1 mln 643 ming 329 soʻm. Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov tuman hokimlarining oylik maoshi 5 milliondan 6 mln soʻmgacha ekanligini aytgan boʻlsa, Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogʻomov uch million 200 ming soʻm maosh olishini maʼlum qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//