Sport
“Futbol qiroli” nomiga munosib koʻrilgan braziliyalik afsonaviy futbolchi 29-dekabr kuni uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 82 yoshida hayotdan koʻz yumdi.
Braziliyalik sobiq futbolchi Pele San-Paulu shifoxonasiga shoshilinch yotqizilgandi. Uning tanasida koʻplab shish va yurak yetishmovchiligi aniqlangan. 20-dekabr kuni futbolchining qizi uning shifoxonada ahvoli ogʻirligini maʼlum qilgandi.
27-dekabr kuni Pele oilasiga yaqin manba sanalmish biznesmen Frenk Xolid futbol qirolining ahvoli tobora yomonlashayotgani, u oilasi, doʻstlari bilan vidolashgan.
“Pele yaqinlari va doʻstlari bilan vidolashmoqda. Futbol qiroli saraton bilan kurashda afsuski sekin-asta taslim boʻlmoqda. Uning oilasi afsonaning ahvoli tobora ogʻirlashayotganini aytdi”, — deya yozgandi Xolid.
Pele ichaklari, jigari va oʻpkasida oʻsmalar paydo boʻlgani tufayli bir necha oy davomida kimyoterapiya muolajasini olib kelayotgan edi. Biroq bu foyda bermagan.
Sobiq futbolchi 2021-yil sentyabr oyida yoʻgʻon ichakdagi oʻsimtani olib tashlash boʻyicha operatsiya qilingandi, 2022-yilda esa uchta xavfli oʻsma va siydik yoʻllari infeksiyasini davolash uchun ikki marta shifoxonaga yotqizilgan edi.
Maʼlumot uchun, Edson Arantes du Nasimentu yoki “Pele” uch marta (1958, 1962, 1970) jahon chempioni boʻlgan dunyodagi yagona futbolchi, XX asrning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Кодирова Угилхон Сотиболдиевна
12:01 / 01.01.1970
Пеле хакикий футбол короли, оила аьзоларига,якинларига мухлисларига хамдардлик билдираман