Madaniyat
Kecha, 28-dekabr kuni “Kinochilar uyi” kinoteatrida Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi hamkorligida Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti oʻtkazildi.
.jpg)
Tantanali tadbirda 2021-yilning 1-yanvaridan 2022-yilning 1-oktyabriga qadar premyerasi boʻlib oʻtgan filmlar turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi. Oyina.uz fotomuxbirlari tantanali tadbirdan fotoreportaj tayyorladi.
.jpg)
“Oltin Humo” III milliy mukofotining 2022-yilgi gʻolib va sovrindorlari bilan tanishing:
Eng yaxshi hujjatli film — “Matonat”
Rejissyor: Shuhrat Mahmudov;
Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi mahsuloti.
.jpg)
Eng yaxshi animatsion film — «Buyuk ipak yoʻli boʻylab sayohat»
Rejissyor: Abdulatif Haydarov;
“ASTIR ANIMATION STUDIO” va “BEGIM” kinostudiyasi mahsuloti.
.jpg)
Eng yaxshi kompyuter grafikasi — Davlat Arabshoyev
“Abdulla Qodiriy” hujjatli filmidagi ishi uchun;
Eng yaxshi kino bastakori — Dmitriy Yanov-Yanovskiy
“Tutqunlik” badiiy filmidagi ishi uchun;
Eng yaxshi ovoz rejissyori — Abduqahhor Karimov
“Muhabbat bahori” filmidagi ishi uchun;
.jpg)
Eng yaxshi montaj ishi — Xurshid Alixoʻjayev
“101 reys” badiiy filmidagi ishi uchun;
.jpg)
.jpg)
Eng yaxshi grim rassomi — Galina Ivanova
“Muqimiy” badiiy filmidagi ishi uchun;
.jpg)
Eng yaxshi libos boʻyicha rassom ishi — Anastasiya Sushuk
“Muqimiy” badiiy filmidagi ishi uchun;
Eng yaxshi rassom ishi — Alisher Umrzoqov
“Muqimiy” badiiy filmidagi ishi uchun;
.jpg)
Eng yaxshi ssenariy — Zulfiqor Musoqov
“Hayrat” badiiy filmidagi ishi uchun;

Eng yaxshi operatorlik ishi — Azizbek Arzikulov
“Hayrat” badiiy filmidagi ishi uchun;
Eng yaxshi rejissyorlik ishi — Zulfiqor Musoqov
“Hayrat” badiiy filmidagi ishi uchun;
.jpg)
Eng yaxshi ayol roli — Raʼno Shodiyeva
“Ayol qismati” badiiy filmidagi roli uchun;

Eng yaxshi erkak roli — Hoshim Arslonov
“101 reys” badiiy filmidagi roli uchun;
.jpg)
Yilning eng yaxshi filmi — “Ayol qismati”;
“DILSHOH MEDIA” kinostudiyasi mahsuloti;
Rejissyor: Dilmurod Masaidov.
.jpg)
Tomoshabin mehrini qozongan film — “Baron-2”;
Rejissyor: Rustam Saʼdiyev.

Shuningdek, Oʻzbek kinematografiyasiga qoʻshgan hissasi uchun maxsus mukofoti bilan:
Yoqub Ahmedov,
Oʻzbekiston xalq artisti;
Hamidulla Akbarov,
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi;
Joʻra Teshaboyev,
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi;
Bektulu Nizomitdinov,
Kinematografiya Agentligi hududiy boʻlimi rahbari;
Baxtiyor Madiyorov,
«Qoraqalpoqfilm» kinostudiyasi direktori taqdirlandi.
.jpg)
.jpg)
Gʻoliblarga “Oltin Humo” maxsus statuetkasi hamda 25 mln soʻm miqdorida pul mukofoti beriladi.
Foto: Xolida Musulmonova,
Abdumannon Muhammad
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
109650
Jamiyat
94034
Jamiyat
89803
Jamiyat
72961
Jamiyat
//
Izoh yo‘q