Siyosat
“Biz hammani matematik qilishni istaymiz, ammo buning iloji yoʻq. Nari borsa 10 foiz bola matematik boʻlishni istar. Biz bolaning istagidan kelib chiqib, uning talabiga koʻra taʼlim berishni oʻrganishimiz kerak. Bola oʻziga nima qiziq ekanini yaxshi biladi, unga hamma fanni birdek oʻrgatishni toʻxtatib, qiziqish sohasiga urgʻu qaratish lozim.
«Rayono” va “oblono” siz uchun prokuror. Bu ikki tashkilotni yoʻq qilishni istayapman, maktablarning oʻzi “rayono” va “oblono” boʻlishlaring kerak.
Oʻrtadagi boshqa pogʻonalar nimaga kerak? Ular boʻlgani uchun oʻqituvchi qadam qoʻya olmaydi. Buni sindiradigan vaqt keldi.
Tartib kerak albatta, ammo buning uchun vazirlik bor. Bizda hamon eski tizim saqlanib qolmoqda. Maktab aslida “gorono”ga xoʻjayinlik qilishi kerak.
Biz eski tizimga moyillik qilamiz, “Rayono” nima desa shuni qilamiz. Zamon oʻzgarmoqda, kechirasizu, qishloq xoʻjaligida paxtaga tizim oʻzgartirdik. Endi paxta ham, tizim ham ishlamoqda.
Qachon qishloq xoʻjaligida ikki millard dollarlik eksport boʻlar edi? Endi mana tekstil ishlamoqda, boshqa ishlab chiqarish bor», — dedi Prezident.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q