Siyosat
Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev taʼlim sohasi mutasaddilari hamda oʻqituvchilar bilan muloqot qilmoqda.
Muloqotda davlat rahbari oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari maktabda oʻtilgan fanlar boʻyicha oʻtkazilishi boʻyicha berilgan taklifni maʼqulladi.
“Bu nomutanosiblikka barham berish kerak. Maktabda oʻtilmagan fanlar boʻyicha savollar berilmasligi kerak. Men bu boʻyicha topshiriq berganman”, — dedi davlat rahbari.
Shuningdek, Prezident maktab oʻquvchilari va majburiy mehnat haqida ham fikr bildirdi.
“Bu qarorni (maktab oʻquvchilarini majburiy mehnatga jalb etishni taqiqlash) qabul qilish oson boʻlgani yoʻq.
Bolalarimiz 7-sinfdan chiqardi paxtaga. Tasavvur qiling, yosh-yosh qizlarimiz 20-25 kilo yukni har kuni koʻtarishga majbur edi. Shu tufayli qancha kasalliklar orttirib olinardi, baʼzi holatlarda uni davolashga ham imkoniyat boʻlmasdi.
Vaholanki, ularning qanchadan-qancha orzulari bor edi, ular farzand koʻrishi kerak edi. Endi u kunlarga qaytmaymiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
112426
Jamiyat
95084
Jamiyat
91302
Jamiyat
76002
Jamiyat
//
Izoh yo‘q