Jahon
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti kelgusi yil davomida koronavirus va mpox (maymun chechagi) pandemiyalarini bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu har ikki kasallikdan oʻlim koʻrsatkichlari sezilarli darajada kamayayotgani bilan bogʻliq.
Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesusning taʼkidlashicha, shunga qaramay, insoniyat 2023-yilda qator muammolarga duch kelishi mumkin. Bunga baʼzi mamlakatlarda koronavirusga qarshi emlash darajasi pastligi, diagnostika va davolash vositalari yetishmasligi sabab boʻladi.
Bayonotda keltirilishicha, mpox epidemiyasi 2022-yildagi yana bir ogʻir sinov boʻldi. Yakunlanayotgan yilda u dunyoning 110 davlatida 82 ming nafardan ortiq bemorda qayd etildi. Shu bois iyul oyida bu xastalik pandemiya deb eʼlon qilindi.
Oʻshandan buyon Yer yuzida mazkur infeksiyaning tarqalishi 90 foizdan ziyod kamaydi. Agar bu tendensiya davom etsa, 2023-yilda pandemiya yakunlangani eʼlon qilinadi. Xuddi shunday holat Ugandadagi Ebola epidemiyasi bilan ham kuzatilyapti.
Biroq Afrikadagi qurgʻoqchilik, ocharchilik, 29 mamlakatda davom etayotgan vabo epidemiyasi, yiliga 8 milliondan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlayotgan kashandalik, notoʻgʻri ovqatlanish, semizlik, qandli diabet, saraton va yurak-qon tomir kasalliklari koʻpayishi, OIV, bezgak va silga qarshi kurash jarayonining sustlashuvi kabi global muammolar insoniyat salomatligiga jiddiy tahdid boʻlib turibdi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q