1-yanvardan boshlab 14 ta hududda tajriba asosida yangi darsliklar oʻqitiladi – Shavkat Mirziyoyev

Saqlash
17:16 / 29.12.2022 1190 0

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida taʼlim sohasidagi islohotlar haqida murojaat qilmoqda. Davlat rahbari soʻnggi yillarda maktablarda amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi.

 

“Soʻnggi 5 yilda mingta maktab qurdik. 7 millionta kompyuter sinflarini tashkil qildik. Bu kabi ishlarga 14 trillion mablagʻ berdik. Bu hozirgi sharoitimiz uchun katta mablagʻ. Lekin taʼlim uchun bersak arziydi. Bu bizning kelajagimiz”, — dedi davlat rahbari.

 

Shavkat Mirziyoyev 1-yanvardan boshlab 14 ta hududda yangi darsliklarni tajriba asosida oʻqitilishini aytdi.

 

“Keyingi bosqichda 5–11-sinflar uchun ham darsliklar ishlab chiqamiz. Murojaatnomada aytilganidek, har bir maktab bitiruvchisi ikkita tilni bilishi va bitta kasb oʻrganishi kerak. Hozir 22 ta fan bor maktablarda. Endi esa yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham koʻrib chiqishimiz kerak”, — dedi Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//