Oʻzbekistonda yangi bank tashkil etildi

Saqlash
15:24 / 29.12.2022 1324 0

Markaziy bankning xabar berishicha, “Smart bank” AJga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Toshkent shahrida “Smart bank” aksiyadorlik jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Bu bilan mazkur bank Oʻzbekistonda faoliyat olib boruvchi 32-bank boʻladi.

 

Avvalroq Markaziy bank “Turkiston bank” va “Hi-Tech Bank” litsenziyasini qaytarib olgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//