Jamiyat
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 2021-yilning 10 oyi davomida 7 ming 992 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 288 ming 352 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 194 nafariga ijtimoiy yordam, 10 ming 951 nafariga moddiy yordam koʻrsatildi, deya xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.
5 ming 984 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratilgan boʻlsa, 308 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirilgan. Shuningdek, xorijda vafot etgan 361 nafar fuqaro jasadi olib kelinib, 408 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar yurtga qaytarildi. Ogʻir tan jarohati olgan 12 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi, - deyiladi xabarda.
Agentlikka murojaat qilgan mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan toʻlanmay turgan qariyb 892,1 ming AQSH dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari ham undirib berilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q