Markaziy bank Yangi yil bayrami oldi aholini ogohlantirdi

Saqlash
21:56 / 27.12.2022 1912 0

Internet tarmogʻi hamda ijtimoy tarmoqlarda koʻrinishidan banklar, toʻlov tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning rasmiy saytiga oʻxshash soxta veb-sahifalar va ularning nomi bilan ochilgan turli soxta kanallarning soni ortib bormoqda.

 

Bugungi kunda ular orqali yangi yil bayrami munosabati bilan aksiyalar, qimmatbaho sovgʻalar, davlat tomonidan beriladigan nafaqalar, kam foizli kreditlar va katta miqdordagi pul yutuqlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar koʻpaymoqda.

 

Ularning haqiqiyligini rasmiy manbalardan tekshirmaslik, firibgarlarning aldoviga ishonib soxta veb-sayt va kanallarda shaxsiy maʼlumotlarni kiritish natijasida ayrim foydalanuvchilar oʻzlarining plastik karta bilan bogʻliq hamda bank yoki toʻlov tashkilotlarining mobil ilovasi akkauntlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, sir tutilishi lozim boʻlgan bir martalik tasdiqlash kodlarni oshkor etmoqda, deyiladi Markaziy bank xabarida.

 

Firibgarlar yuqoridagi maʼlumotlarni qoʻlga kiritsa, ulardan foydalanib mobil ilovalarni ruxsatsiz boshqarish xuquqiga ega boʻlishi mumkin.

 

Bunday nohush xolatlarning oldini olish maqsadida Markaziy bank ogohlantiradi:

 

– eʼlonlardagi har qanday aksiyalar, pul yutuqlari va boshqa takliflarni tashkilotlarning rasmiy veb-sahifasidan qayta tekshiring;
– veb-sahifaning rasmiyligiga ishonch xosil qilmasdan ularga oʻz shaxsiy maʼlumotlaringizni kiritmang;
– ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlar orqali turli kanal va guruhlarda tarqatilayotgan, aksiya va yutuqli lotereya oʻyinlari toʻgʻrisidagi reklamalar keltirilgan havolalarni tekshirmasdan turib ochmang;
– oʻzingiz rasmiy ekanligiga ishonch xosil qilmagan veb-sahifalar havolalarini boshqalarga tarqatmang.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//