Jamiyat
Oʻzbekiston Konsolidatsiyalashgan byudjetining daromadlari 2023-yilda 310,7 trln soʻmni hamda xarajatlar 343,2 trln soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.
Senatning 36-yalpi majlisida “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Mazkur Qonun bilan 2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2024–2025-yillar uchun byudjet moʻljallari belgilangan.
Taʼkidlanganidek, Qonunga koʻra, 2023-yilda mamlakatimiz iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning oʻsish surʼatlari 5,3 foizni va isteʼmol narxlari indeksi 2022-yilning dekabr oyiga nisbatan 9,5 foiz miqdorida boʻlishidan kelib chiqib, Davlat byudjeti parametrlari hisob-kitob qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan byudjetining daromadlari 2023-yilda 310,7 trln soʻmni hamda xarajatlar 343,2 trln soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.
Qonun bilan 2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSH dollari miqdorida etib belgilanmoqda. 2023-yilgi Davlat byudjeti xarajatlari (davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratiladigan transfertlar bilan birga) 257,7 trln soʻmni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,1 foizni tashkil qilmoqda.
Senatorlar Davlat byudjetining ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar miqdoriga jiddiy eʼtibor qaratdilar. Qayd etilganidek, taʼlim sohasi xarajatlari 58,4 trln soʻm, sogʻliqni saqlash sohasiga 28,4 trln soʻm, madaniyat sohasiga 2,5 trln soʻm, sport sohasiga 2,3 trln soʻm va fanni yanada rivojlantirish tadbirlari uchun 2023-yilda 1,8 trln soʻm yoʻnaltirish belgilangan.
2023-yil uchun Davlat byudjetida aholini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yoʻnalishlarini moliyalashtirish uchun 18,1 trln soʻm ajratiladi. Shu bilan birga kelgusi yilda jami 52 mingdan ortiq daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan 1,1 trln soʻm subsidiyalar toʻlab berilishi koʻzda tutilgan.
Iqtisodiyotga ajratilishi rejalashtirilayotgan xarajatlar 36,7 trln soʻmni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,4 foizni, jami xarajatlarning 14 foizini tashkil etib, bu mablagʻlar asosan tomchilatib sugʻorish, geologik qidiruv ishlarini va aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda uy-joy kommunal xizmatlari bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q