Iqtisod
Prezidentning tegishli qaroriga (PQ–458-son, 26.12.2022-y.) asosan, 2023-yil 1-yanvardan soliqlarni undirish koʻrsatkichi past boʻlgan quyidagi tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi:
Qoraqalpogʻiston — Beruniy tumani;
Andijon — Andijon tumani;
Buxoro — Olot tumani;
Jizzax — Zomin tumani;
Qashqadaryo — Qarshi tumani;
Navoiy — Karmana tumani;
Namangan — Uychi tumani;
Samarqand — Urgut tumani;
Surxondaryo — Jarqoʻrgʻon tumani;
Sirdaryo — Sayxunobod tumani;
Toshkent viloyati — Boʻka tumani;
Fargʻona — Bagʻdod tumani;
Xorazm — Bogʻot tumani;
Toshkent shahri — Uchtepa tumani.

Mazkur tumanlarda mol-mulk va yer soligʻi (noturar joylar boʻyicha mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) boʻyicha undirilgan mablagʻlarning 10 foizi tuman budjetlari orqali tegishli Jamgʻarmalarga yoʻnaltiriladi.
“Mahalla budjeti” tizimi asosida shakllantirilgan mablagʻlar fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan boshqariladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
110176
Jamiyat
94337
Jamiyat
90217
Jamiyat
73612
Jamiyat
//
Izoh yo‘q