Jamiyat
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi va OʻzR FA Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan poytaxtimizda tarqalgan chang boʻronidan keyin choʻkkan chang tarkibi oʻrganib chiqildi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, chang tahlili uchun namunalar poytaxtimizning Olmazor tumani “Beruniy” metro bekati va Mirzo Ulugʻbek tumanining «Akadem shaharchasi» hududlaridan olindi. Chang tarkibi SmartSEM dasturiy taʼminot yordamida 100 mkm dan 1 mkm gacha boʻlgan turli masshtablarda olindi.
Namunalar SEM - EVO MA 10 (Zeiss, Germaniya), Panalytical Empyrean rentgen difraktometri, Agilent 7890B gaz xromatografi kabi qurilmalarda tahlil qilindi. Uskunalar ishi Data Collector dasturi yordamida nazorat qilindi.
Natijalar shuni koʻrsatadiki, chang hajmi 5 mikrongacha boʻlib, bu kattalikdagi chang zarralari ancha zararsizdir.
2021-yil 5-noyabrdagi chang namunalari 42 turdagi pestitsidlarga gaz xromatografiyasi yordamida tahlil qilinganda namunalarda pestitsidlar mavjud emasligi aniqlandi. Tahlil maʼlumotlari chang tarkibida tuz ham meʼyorda ekanligini koʻrsatdi. Chang namunalarida rN oʻlchovi chang eriganida ishqoriy xususiyatlarini koʻrsatdi.
Namunalar tahlili ular tabiatiga koʻra standart chang ekanligini koʻrsatdi.
Chang tarkibida ogʻir metallar, tuzlar, inson salomatligi uchun xavfli pestitsidlar mavjud emas.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q