Jamiyat
Oltiariq tumanida aniqlangan quturish kasalligi boʻyicha tarqalgan xabarlar yuzasidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro A.Xamraliyev 25-sentyabr kuni Azimobod veterinariya uchastkasi mudiri T.Qirgʻizboyevga telefon orqali 13 kun avval bozordan sotib olgan qoramolining ishtahasi yoʻqligi, noxush holatdaligi haqida xabar bergan. Uchastka mudiri T.Qirgʻizboyev kasallangan hayvonni veterinariya koʻrigidan oʻtkazganda quturish kasalligiga xos klinik belgilar aniqlangan.
Ushbu qoramoldan olingan namunalar viloyat hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi virusologiya boʻlimida tekshirilganda (28-sentyabr 2021-yil №2850 sonli ekspertizasi) quturish kasalligi tasdiqlanib, yakuniy tekshirish xulosasi olish uchun bir oy bioprobaga qoʻyilgan.
Kasallikning kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri mahalladagi choʻl hududda yovvoyi fauna mavjudligi, yaʼni yovvoyi hayvonlar yoki kemiruvchilar borligi, deyiladi xabarda. Hozirda ushbu hudud tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi tomonidan alohida nazoratga olingan. Aholi qaramogʻidagi chorva hayvonlari klinik koʻrikdan oʻtkazilib, profilaktik veterinariya-sanitariya tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, mazkur hududda quturish kasalligiga qarshi 53 bosh it Biokan-R vaksinasi bilan emlanib, 12 bosh daydi, qarovsiz itlar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ovlangan.
Xonadon egasi va uning turmush oʻrtogʻiga kasal hayvon bilan kontaktda boʻlgani uchun tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi markazi tomonidan meditsina muolajasi koʻrsatilgan. Hozirda ularning umumiy holati yaxshi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q