Bugun Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻadi

Saqlash
19:47 / 09.11.2021 874 0

“Oʻzgidromet” 10-noyabr, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja, kunduzi 11-13 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 14-19 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//