Jamiyat
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tibbiyot birlashma bosh shifokori 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro S.Q. arizasiga koʻra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi M.M. birlashmada katta hamshira lavozimida ishlovchi S.A. orqali fuqaro S.Q.ni ishga qabul qilish evaziga 500 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda, — deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112408
Jamiyat
95067
Jamiyat
91282
Jamiyat
75978
Jamiyat
//
Izoh yo‘q