Jamiyat
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgandan so‘ng bemorlarda turli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgani haqida xabar bergan edik.
Sogʻliqni saqlash vazirligi maxsus ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalari oqibatida nojoʻya taʼsirlar kuzatilgani gumon qilingan bemorlar holati yuzasidan oʻrganish olib borilayotgani xabar qilindi.
Ishchi guruh tarkibiga vazirlik, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi xodimlari, bolalar nefrologi, pediatr kabi malakali mutaxassislar kiritildi. Ular har bir gumon qilingan bemor bola anamnezi boʻyicha chuqur tahlil oʻtkazmoqda. Xulosa natijalari haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi, deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiy bayonotida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Isroil
12:01 / 01.01.1970
Men ham kecha aptekadan Dok 1 Maks olibman bilmay.Xozr bu xabarni öqidim.Nima qilishni bilmay qoldm