Jamiyat
Yangi yil bayrami va qishki taʼtilni oʻtkazish uchun uylariga keladigan Toshkentda oʻqiyotgan andijonlik talabalarni olib kelish maqsadida bepul avtotransport vositalari ajratiladi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Yangi yil bayrami oldidan Toshkent–Andijon poyezdiga bilet topish ancha qiyin boʻladi, avtomashinada qaytish uchun esa bayram arafasida yoʻlkira birmuncha qimmat boʻlib ketadi. Bu ayniqsa, talabalarni qiyin ahvolga solib qoʻyadi. Ana shundan kelib chiqib, talablarga qulaylik yaratish, ularga koʻmaklashish maqsadida ushbu xayrli ishga qoʻl urdik”, – deydi Andijon viloyati Transport boshqarmasi boshligʻi Oʻtkirbek Mashrapov.
Boshqarma boshligʻining taʼkidlashicha, poytaxtda tahsil olayotgan talabalarni olib kelish maqsadida 25 ta avtotransport vositasi ajratiladi.
Avtomashinalar 27-dekabr seshanba kuni Toshkentdagi “Oʻzbekiston” mehmonxonasi oldidan soat 12:00 da Andijonga joʻnaydi. Toshkent shahrida tahsil olayotgan andijonlik talabalar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.
Bundan tashqari, imkon qadar koʻproq talabalarni olib kelish uchun yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi avtomobil egalarini ushbu xayrli ishga qoʻshish taklifi bildirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
DURDONA
12:01 / 01.01.1970
Bu tashabbus menga juda yoqdi. Ozim ham toshkentda oqiman va shu mashinalarda ketishni hohliman