Jamiyat
12-dekabr kuni poytaxtdagi “Ilhom” teatrida roʻy bergan yongʻinga elektr simlarining eskirgani sababli yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab boʻlgan. Bu haqda teatrning rasmiy sahifasida xabar berildi.
Yongʻin xavfsizligi organining ekspertiza natijalari boʻyicha dalolatnomasi yangi yildan keyin taqdim etiladi. Teatr maʼmuriyati mazkur hujjatni eʼlon qilinishini bildirgan.
Hozirda “Ilhom” zarar koʻrgan koʻrgazma zalini tartibga keltirmoqda, deyiladi xabarda.
“Yaqin kunlarda tiklash-taʼmirlash ishlarini boshlashni rejalashtirganmiz. Biz yetgan zararning qiymatini hisoblaymiz”, – deya taʼkidlagan teatr ma'muriyati.
Eslatib oʻtamiz, yongʻin oqibatida teatrning koʻrgazma zali joylashgan xollining 80 kvadrat metr maydoni zarar koʻrgan edi. Oʻt oʻchiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida binoning 600 kvadrat metr maydon saqlab qolindi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
112322
Jamiyat
94994
Jamiyat
91118
Jamiyat
75882
Jamiyat
//
Izoh yo‘q