Fargʻonada er-xotin is gazidan vafot etdi

Saqlash
22:53 / 21.12.2022 952 0

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

21-dekabr kuni 08:30 larda Uchkoʻprik tumani IIB navbatchilik qismiga berilgan xabarga koʻra, tumanning “Chorbogʻ” MFY Yuksalish koʻchasida yashagan 1977-yilda tugʻilgan E. Sh. va uning turmush oʻrtogʻi 1995-yilda tugʻilgan E. K. yashash xonadonida is gazidan zaharlanib xodisa joyida vafot etgan.

 

Koʻzdan kechirish davomida yashash xonadonining yonma-yon joylashgan yotoqxonasi va yuvinish xonasiga qoʻlbola usulda yasalgan, temirdan ishlangan pechka oʻrnatilgani, pechka shlang orqali propan gaz baloniga ulanib, isitish uchun moslangani, hodisa sodir boʻlgan kuni esa xonadonda gaz toʻliq yonmasdan, is gazi ajralib chiqqani aniqlandi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//