Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida eng koʻp qaysi soʻzlarni ishlatdi?

Saqlash
15:33 / 21.12.2022 1135 0

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasidagi nutqining lingvistik kontent-tahlilini oʻtkazdi. Tasviriy ifodalovchi soʻzlardan foydalanib, tahlilchilar davlat rahbari nimalarga koʻproq eʼtibor qaratayotganini aniqladi.

 

Prezidentning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi 2 soat 25 daqiqa davom etdi. Shavkat Mirziyoyev oʻz Murojaatnomasida 6502 ta soʻz ishlatgan. Eng uzun soʻzlar 15 harf boʻlib, oʻrtacha bitta soʻz 7 harfdan iborat boʻlgan.

 

Davlat rahbari taʼlim, sogʻliqni saqlash sifatini oshirish, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish, mahallani qoʻllab-quvvatlash va maʼmuriy islohotlar oʻtkazish sohasidagi islohotlar taʼsirchanligini oshirish zarurligiga alohida eʼtibor qaratdi.

 

Murojaatnomaning asosiy mavzulari “taʼlim”, “aholi”, “maktab”, “xalq”, “investitsiya”, “tadbirkorlik”, “Konstitutsiya”, “aholi”, “mahalla” va “energetika” boʻldi. Jumladan, “taʼlim” soʻzi 25 marta, “maktab” soʻzi 23 marta, “shaxs” va “xalq” soʻzlari 22 marta, “Konstitutsiya” va “investitsiya” soʻzlari 20 marta, “tadbirkor” soʻzi 19 marta va “mahalla” soʻzi 18 marta ishlatilgan.

 

Soʻzlarning yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlanish tahlili asosiy eʼtibor taʼlim-tarbiya sohasiga bagʻishlangan boʻlib, ixcham va samarali davlat boshqaruvini tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, energetika sohasini takomillashtirish va sud-huquq tizimini isloh qilishga qaratilganini koʻrsatdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//