Sport
«Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2021–2022-yillarda yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq quyidagi sport musobaqalari har yili oʻtkaziladi:
yurish va yugurish boʻyicha – “Tashkent Marathon”, “Samarkand Half Marathon” va “Zaamin Ultra” xalqaro marafonlari, “Sky Camp Bostanliq” triatlon va yoga marafonlari, “Barcha rekordlar bizniki!” (5 va 10 ming qadamga), turli masofalarga yugurish boʻyicha “Yangi rekordlar sari!”;
mini-futbol boʻyicha – “Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz”, “Sogʻlom oila – Yangi Oʻzbekiston tayanchi” (oilaviy jamoalar oʻrtasida) “Rahbar kubogi” (davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida);
badminton boʻyicha – “Bahor malikalari”, “Badminton ligasi” (umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida), “Rahbar kubogi” (davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari oʻrtasida) va “Imkoniyatingizdan koʻprogʻini bajaring!” (aholining keng qatlamlari oʻrtasida);
stritbol va “Workout” boʻyicha – “Rekorddan – yangi rekordga!” va “Giyohvand moddalarga qarshi!” (taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida), “Muhimi gʻalaba qozonish emas, balki qatnashish!” (mahalla jamoalari oʻrtasida), “Qishlogʻing uchun gʻalaba qozon!” (qishloq jamoalari oʻrtasida), “Sogʻlom tanda – sogʻlom fikr!” (davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari oʻrtasida).
Qarorga koʻra, 2021–2025-yillarda hududlarda badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun 1164 ta sport maydonchalari tashkil etiladi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q