Sport
Kolumbiyada oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Ruslan Nuriddinov -109 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Nuriddinov dast koʻtarish mashqida 177 kg, siltab koʻtarishda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg bilan ushbu vazn toifasida tengsiz ekanini koʻrsatib, 3 yoʻnalishda oltin medallarga egalik qildi. Bu uning faoliyatida dunyo birinchiligidagi ikkinchi chempionlik. Hamyurtimiz eng yaqin taʼqibchisini 8 kgga ortda qoldirishga erishdi.
Shu tariqa andijonlik polvon ikki bor jahon chempionligiga erishgan birinchi oʻzbek ogʻir atletikachisiga aylandi.
Ogʻir atletika boʻyicha JCH. Erkaklar, -109 kg:
1. Ruslan Nuriddinov (Oʻzbekiston) — 397 (177+220) kg
2. Giorgi Chxeidze (Gruziya) — 389 (170+219) kg
3. Rafael Kastilyo (Kolumbiya) — 388 (174+214) kg.
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109693
          Jamiyat
             94077
          Jamiyat
             89859
          Jamiyat
             73014
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q