Iqtisod
Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan oʻrtacha ish haqi miqdori oshirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalarini hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn barobaridan oʻn ikki barobariga oshirilishi belgilangan.
Unga koʻra, pensiya tayinlashda hisobga olingan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming soʻmdan yuqori boʻlgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi.
Shuningdek, pensiyasi oshadigan fuqarolarga joriy yilning dekabr oyida SMS-xabarnoma yuborilgan.
Maʼlumot uchun, pensiyalarning miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinib, bunda pensionerlarni Pensiya jamgʻarmasiga murojaat etishga hojat qolmaydi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q