Jamiyat
Ichki ishlar vazirligining uzoq muddatga ketgan shaxslar rasmiy bazasidan olingan maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oyida Rossiyadan 317 mingdan ziyod oʻzbek mehnat muhojirlari Oʻzbekistonga qaytib kelgan. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi vakillari maʼlum qilindi.
Agentlik boshqarma boshligʻi Bahrom Abduvaliyevning soʻzlariga koʻra, 2022-yil boshida Ukrainadan 6 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari Vatanga qaytarilgan.
“Yil boshida Ukrainadagi vatandoshlarimizni Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha hukumat darajasida dastur qabul qilindi. Dastur doirasida uzoq muddatdan beri Ukrainada yashab kelayotgan migrantlarimiz, yaʼni 6 mingdan ortiq fuqarolarimiz olib kelindi. Ular yurtimizga qaytgach, ichki mehnat bozorida bandligini taʼminlash borasida dasturlar asosida ishlar olib borildi. Oliy taʼlim vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda dasturda belgilangan barcha vazifalar ijrosi bajarildi”, dedi u.
Uning qayd etishicha, 2021-yilning 11 oyida xorijdan 502 ming mehnat migrantlari Oʻzbekistonga qaytgan boʻlsa, bu koʻrsatkich joriy yil 508 ming nafarni tashkil qilgan.
«2022-yili chet eldan qaytgan migrantlarning salmoqli qismi Rossiya Federatsiyasidan qaytganlardan iborat. Ammo mehnat migrantlarimizning Rossiyadan qaytishi avvalgi yillarga nisbatan deyarli oʻzgarmagan. Tahlillarga koʻra, oʻtgan yilning 11 oyida 300 mingga yaqin fuqarolarimiz Rossiyadan qaytgan. Joriy yilda esa 317 mingdan ziyod migrantlarimiz qaytib keldi. Bu raqamlar IIVning uzoq muddatga ketgan shaxslar rasmiy bazasidan olingan», dedi agentlik vakili.
Bahrom Abduvaliyevning taʼkidlashicha, joriy yilda Rossiyaning ayrim hududlarida qurilish yoʻnalishida oʻzbek migrantlariga talab ortgan.
“Fuqarolarimizning ishlash uchun xorijga ketishi qanday tabiiy boʻlsa, ularning qaytishi ham tabiiy hol hisoblanadi. Har yili oʻrtacha 500−700 ming migrantlar qaytib keladi. Mavsumiy xarakterga ega boʻlgan migrantlarimiz keyingi yil boshida yana qaytib ketadi. Bu boʻyicha statistikani oyma-oy yuritib boramiz”, dedi u.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi Zohid Asqarovning qoʻshimcha qilishicha, fuqarolarning xorijga ketishi va qaytishi vaqtincha hisoblanadi. “Qishni Oʻzbekistonda oʻtkazib, yana bahorda qaytib ketishadi. Bu doimiy ravishda kuzatiladigan holat”, dedi vazirlik rasmiysi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q