Jamiyat
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayevning xizmat avtomobili yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.
“YTH tuman markazidagi “Al-Kamol” savdo markazi roʻparasida sodir boʻlgan. Haydovchi tez harakatlanib kelgan va boshqaruvni yoʻqotgan. Mashinada hokim boʻlmagan. Mashina daraxtga “osilib qolgan”, — deydi voqea guvohi.
Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari bilan bogʻlanilganda, voqeadan xabari yoʻqligini va surishtirib batafsil maʼlumot berishini maʼlum qilgan.
Avariyaga uchragan 311 million soʻmlik ushbu Captiva xarid qilinishidan avval koʻplab mojarolarga sabab boʻlgandi. Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida koʻrib chiqilgan mazkur xarid masalasi 25 nafar deputatning 24 nafari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan boʻlsa, bir nafar deputat mazkur mashinaning sotib olinishiga qarshi chiqib, 311 million soʻm pulni muhtojlarga sarf qilish taklifini bergandi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q