Qoʻrgʻontepalik talabalarga bepul avtobuslar qoʻyildi

Saqlash
21:24 / 12.12.2022 1406 0

Qoʻrgʻontepalik talabalar Andijon shahridagi oliy taʼlim muassasalariga bepul eltib qoʻyiladi va uylariga bepul olib kelinadi.

 

Ushbu tashabbus taʼlim olayotgan yoshlarning qish mavsumidagi yoʻl qatnovida yuzaga kelgan turli noqulayliklarini bartaraf etish maqsadida Qoʻrgʻontepa tumani hokimligi hamda tumandagi faol fermer va tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

Talabalar uchun Qoʻrgʻontepaning 8 ta hududiga (Markaz, Qoʻrgʻontepa, Qorasuv, Sultonobod, Dardoq, Chimyon, Qoʻshtepa, Savoy qishloqlariga) jami 11 ta avtobuslar yuboriladi.

 

Talabalar yakshanba kuni oʻzlari yashovchi hududlaridan avtobusga oʻtiradi va oʻqish joyiga qadar eltib qoʻyiladi. Shanba kuni esa, oʻqish joylari oldidan uylariga qadar olib kelinadi. Buning uchun tuman hokimligi maxsus chipta joriy qildi.

 

Kecha birinchi qatnov amalga oshirildi. Jarayonlarni tashkil etishda yoshlar ishlari agentligi va yoshlar yetakchilari alohida faollik koʻrsatmoqda. Avtobuslar hududlardan 16:00 da talabalar bilan Andijon shahri tomon yoʻlga chiqdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:39 / 06.04.2026 0 49
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Jamiyat

16:49 / 06.04.2026 0 91
Ayollar nega uzoqroq umr ko‘rishadi?

Jamiyat

11:52 / 06.04.2026 0 85
Talabalarning qanday huquqlari bor?

Jamiyat

10:22 / 06.04.2026 0 25
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112098
75623

//