Sport
BAAning Abu-Dabi shahrida 11-dekabr kuni boks boʻyicha IBA Champions Night musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Boks oqshomining markaziy jangi super ogʻir vazn toifasi vakillari oʻzbekistonlik Bahodir Jalolov va asli kelib chiqishi Rossiyadan boʻlgan, Bahrayn sharafini himoya qilayotgan Danis Latipov oʻrtasida kechdi.
Toʻliq besh raund davom etgan jangda hakamlarning yakdil qarori bilan Bahodir Jalolov gʻalaba qozondi. Jalolov ushbu gʻalaba orqali IBA chempionlik kamariga ega chiqdi.
Mazkur boks oqshomida yana bir oʻzbekistonlik bokschi Saidjamshid Jaʼfarov Kuba vakili Yoenlis Ernandes Martinesga qarshi ringga koʻtarildi. Mazkur bellashuvda kubalik bokschining qoʻli baland keldi.
Qayd etilishicha, bokschi ushbu gʻalaba orqali 30 ming AQSH dollari ishlab olgan.
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112320
Jamiyat
94992
Jamiyat
91116
Jamiyat
75881
Jamiyat
//
Izoh yo‘q