Jamiyat
Bu haqda AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Qayd qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga yuborish boʻyicha pilot loyihasi boshlangan.
Ushbu loyiha doirasida nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bogʻliq, jumladan, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanadi.
Shu munosabat bilan oʻn ming nafar fuqaroni Rossiya Federatsiyasiga tashkiliy tarzda ishga joʻnatish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida tibbiy asbob-uskunalar bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi Oʻzbekistonga yetib keldi.
Endilikda Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi patent olishda talab etiladigan tibbiy koʻrik Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkentda oʻrnatilgan tibbiy asbob-uskunalar yordamida yurtimizda amalga oshiriladi.
Taʼkidlash joizki, ushbu tadbirlar Rossiyada ishlash istagida boʻlgan koʻplab yurtdoshlarimiz uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratib, fuqarolarning vaqti va xarajatlari qisqarishiga xizmat qiladi.
Maʼlumot oʻrnida: Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini olib borish istagida boʻlgan fuqarolarni emlash va koronavirusga qarshi test topshirish jarayonlarini ikki davlat mutaxassislari tomonidan Rossiya tomoni tibbiy uskunalari yordamida birgalikda Oʻzbekistonda amalga oshirish hamda ularning natijasi boʻyicha tibbiy maʼlumotlarni “COVID-19siz sayohat” ilovasi tizimiga integratsiya qilinadi.
Shuningdek, fuqarolar uchun patent olishda talab etiladigan daktiloskopik roʻyxatga olish va rasmga olish jarayonlarini ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari tomonidan Rossiya tomoni uskunalari yordamida Oʻzbekistonda amalga oshiriladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q