Siyosat
Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov vazifasidan ozod etilgan. Ushbu lavozimni Xalq banki boshqaruvi raisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Atabayev egallashi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri oʻz manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Bugun xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtadi. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqiladi.
Sessiyada Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Qobul Tursunov vazifasidan ozod qilinishi va uning oʻrniga Xalq banki boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Atabayev yangi hokim etib tasdiqlanishi kutilmoqda.
Qobul Tursunovning lavozimdan olinish sababi hozircha maʼlum emas. U 2016-yil 25-dekabrdan beri Navoiy viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q