“Uzbekistan Airways” maxsus chegirmalar eʼlon qildi

Saqlash
11:25 / 08.11.2021 833 0

Noyabr oyi “Keksa yoshdagilar uchun sayohat oyligi” deb eʼlon qilingani munosabati bilan “Uzbekistan Airways” AJ 2021-yilning 1-noyabridan boshlab 30-noyabriga qadar amalga oshiriladigan barcha ichki aviaqatnovlari iqtisod-klass uchun aviachiptalarining amaldagi narxiga 25 foizli maxsus chegirmalarni kiritmoqda.

 

Bunday chegirma 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan oshgan ayollar uchun amal qiladi.

 

Aviachipta xarid qilib olinayotgan vaqtda albatta pasport boʻlishi lozim.

 

Shuningdek, chegirma faqat chiptalarni sotish punktlari: Uzbekistan Airways Sales filiali yoki aviakompaniya agentlari tomonidan taqdim etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//