Siyosat
Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi boʻlib oʻtmoqda deya maʼlum qilmoqda xabar.uz nashri. Xabarda aytilishicha, davlat rahbari oʻz nutqi davomida taʼlim sohasiga toʻxtalib oʻtgan.
«Bugungi va ertangi kunimizni, yoshlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professor-oʻqituvchilar, haqiqiy ziyolilar kerak.
Ochiq aytish lozim, biz bu zahmatkash, fidoyi insonlar oldida hali qarzdormiz. Shu boisdan ham, qanchalik qiyin boʻlmasin, oʻqituvchilar mehnatini munosib ragʻbatlantirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
2025-yilga borib, oliy toifali oʻqituvchilarning oylik maoshini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish choralari koʻriladi» — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q